Asosiy qismga o‘tish
Yangi alifbo

Matnni yangi o‘zbek alifbosiga o‘giruvchi dastur va bot

2026-yil 21-oktabrda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi: o‘, g‘, sh va ch o‘rniga Ö, Ğ, Ş va Ç yoziladi. «Yangi alifbo» dasturi va Telegram boti eski lotin yoki kirillda yozilgan matnni yangi alifboga bir zumda o‘giradi — qo‘lda tuzatish shart emas.

Yangi alifbo — matnni yangi o‘zbek alifbosiga o‘girish: O‘→Ö, G‘→Ğ, Sh→Ş, Ch→Ç

Nima o‘zgaradi

  • O‘ o‘:Ö ö
  • G‘ g‘:Ğ ğ
  • Sh sh:Ş ş
  • Ch ch:Ç ç
Eski

O‘zbekiston — go‘zal shaharlar va chiroyli bog‘lar yurti

Yangi

Özbekiston — gözal şaharlar va çiroyli boğlar yurti

Kompyuter dasturi (Windows)

  • Istalgan dasturda yozing — so‘zlar o‘zi yangi alifboga o‘tadi: Word, Excel, Telegram, brauzer.
  • So‘z noto‘g‘ri o‘zgarsa, darhol Backspace bosing — asl holiga qaytadi.
  • Tayyor matnni belgilang yoki Ctrl+Shift+Y bosing — yangi lotin, eski lotin yoki kirillga o‘giradi.
  • Parol maydonlarida ishlamaydi, havolalar, @username va #teglarga tegmaydi.
  • Bir bosishda o‘rnatiladi, yangilanishlar dasturning o‘zida chiqadi.

3 kun bepul, keyin har bir kompyuter uchun bir martalik 10 000 so‘m — obuna yo‘q.

Telegram bot — bepul

  • Matn yuboring — yangi alifbodagi javobni oling. Eski lotin, yangi lotin va kirill orasida o‘giradi.
  • Fayllarni ham o‘giradi: Word (.docx, .doc), .txt, PDF va rasm. Word faylida formatlash saqlanadi.
  • Guruhlarda va inline rejimda ishlaydi: istalgan chatda @YangiAlifboUzBot deb yozing.
  • Matningiz saqlanmaydi.

Qanday boshlash kerak

  1. 1«Windows uchun yuklab olish» tugmasini bosing va faylni oching — dastur o‘zi o‘rnatiladi.
  2. 2Dasturda «Yoqish» tugmasini bosing — u fonda ishlay boshlaydi.
  3. 3Odatdagidek yozing: o‘, g‘, sh, ch so‘z tugashi bilan Ö, Ğ, Ş, Ç ga almashadi.

Windows SmartScreen ogohlantirish chiqarsa: «Подробнее» (More info) → «Выполнить в любом случае» (Run anyway) ni bosing.

Savol-javob

Yangi o‘zbek alifbosida qaysi harflar o‘zgardi?

O‘ o‘rniga Ö, G‘ o‘rniga Ğ, Sh o‘rniga Ş, Ch o‘rniga Ç yoziladi. Qolgan harflar o‘zgarmaydi. Masalan: «O‘zbekiston» → «Özbekiston», «shahar» → «şahar».

Eski lotindagi matnni yangi alifboga qanday o‘giraman?

Eng tezi — Telegramda @YangiAlifboUzBot ga matn yoki fayl yuboring. Kompyuterda ko‘p yozsangiz, «Yangi alifbo» dasturini o‘rnating: u yozayotganingizda so‘zlarni o‘zi almashtiradi.

Kirilldagi matnni ham o‘giradimi?

Ha. Bot ham, dastur ham kirill, eski lotin va yangi lotin orasida har tomonga o‘giradi.

Dastur pullikmi?

Telegram bot bepul. Windows dasturini har bir kompyuterda 3 kun bepul sinab ko‘rasiz, keyin bir martalik 10 000 so‘m to‘laysiz, obuna yo‘q.

Yozgan matnim saqlanadimi?

Yo‘q. Bot ham, dastur ham matningizni hech qayerda saqlamaydi.

Qaysi dasturlarda ishlaydi?

Windows 10 va 11 dagi deyarli barcha dasturlarda: Word, Excel, Telegram Desktop, brauzerlar. Windows 11 Bloknot’ida faqat belgilangan matnni o‘girish ishlaydi.

Mac yoki telefon uchun versiyasi bormi?

Hozircha kompyuter dasturi faqat Windows uchun. Telefonda va Mac’da Telegram bot orqali foydalaning.

Savol va takliflar — kanalimiz izohlarida: t.me/yangi_alifbo_uz