EduCoin haqida: kim biz va nima qilamiz
EduCoin — o‘quv markazlar, xususiy maktablar, ustozlar va repetitorlar uchun CRM va coin rag‘batlantirish platformasi. Platforma davomat, to‘lov nazorati, ota-ona kabineti va hisobotlarni bitta tizimga yig‘adi, o‘quvchini esa coin, reyting va sovg‘alar bilan o‘qishga qiziqtiradi. Kompaniyaning yuridik manzili — Jizzax viloyati, Zomin tumani.
Yangilangan:
7 kun bepul sinash →EduCoin qisqacha
| Mahsulot | EduCoin — CRM va coin rag‘batlantirish platformasi |
|---|---|
| Mobil ilova | EduCoin School (iOS va Android) — o‘quvchi, ota-ona va o‘qituvchi uchun |
| Kimlar uchun | O‘quv markazlar, xususiy maktablar, ustozlar, repetitorlar |
| Foydalanuvchilar | 100 dan ortiq ta’lim muassasasi |
| Yuridik shaxs | “ALICODER” MChJ, STIR: 312285557 |
| Yuridik manzil | Jizzax viloyati, Zomin tumani, Navbahor MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 18-B uy |
| Narx | Oyiga 300 000 so‘mdan (o‘quvchilar soniga qarab), 7 kun bepul sinov |
| Aloqa | +998 99 588 88 98 · info@educoin.uz · t.me/educoin_uz |
Platforma nima qiladi
- Davomatni ilovada belgilaydi va ota-onaga SMS yoki Telegram orqali xabar yuboradi.
- To‘lov holati va qarzdorlikni real vaqtda ko‘rsatadi, eslatmalarni avtomatik yuboradi.
- O‘quvchini vazifa, to‘g‘ri javob va o‘z vaqtida kelish uchun coin bilan rag‘batlantiradi; coin sovg‘alar do‘koniga almashadi.
- Ota-onaga farzandining davomati, coinlari, natijalari va to‘lovlari bir joyda ko‘rinadigan kabinet beradi.
- Filiallar, xodimlar va rollar bo‘yicha hisobotlarni tayyor holda chiqaradi.
Tan olinish va sarmoya
EduCoin — IT Park rezidenti, Websummit Spotlight Uzbekistan sovrindori. Loyiha jami 25 700 dollardan ortiq sarmoya jalb qilgan, shundan 20 700 dollar — Yoshlar Ventures’dan grant investitsiya. Hamkorlar: IT Park Uzbekistan, Yoshlar Ventures, Startup Garage, IT Park Ventures.
EduCoin ortidagi jamoa

Islom Baxromov
Ta’sischi / CEO
Mahsulot strategiyasi va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik.

Doniyor Kamoldinov
Business Development Lead
O‘quv markaz va maktablar bilan hamkorlik, savdo va joriy etish jarayonlari.

Ergashaliyev Sardorbek
CTO / Bosh dasturchi
Platforma arxitekturasi, mobil ilovalar va xavfsizlik.
Bizga ishonch bildirganlar
- IT Park Uzbekistan
- Yoshlar Ventures
- Startup Garage
- IT Park Ventures
EduCoin’ni o‘z markazingizda sinab ko‘ring
7 kun bepul. Ma’lumotlaringizni qoldiring — jamoamiz 24 soat ichida bog‘lanadi.