Asosiy qismga o‘tish
Ota-onalar uchun

EduCoin — bola yumushni bajaradi, siz tasdiqlaysiz

EduCoin — ota-onalar va bolalar uchun kundalik odat va yumushlar ilovasi. Bola yumushni bajaradi, rasm yoki ovoz bilan isbotlaydi, siz tasdiqlaysiz — bola coin oladi va uni o‘zi tanlagan sovg‘aga almashtiradi.

EduCoin ilovasini yuklab oling

Ota-ona uchun

  • Tayyor yumush to‘plamlari (ertalabki va kechki tartib, dam olish kuni) yoki o‘z yumushlaringiz.
  • Har yumushga coin, jadval va isbot turi: rasm yoki ovoz.
  • Bola yuborgan isbotni bir bosishda tasdiqlaysiz yoki sababini yozib qaytarasiz.
  • Sovg‘alarni o‘zingiz qo‘yasiz: narxi coinda, soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
  • Haftalik va oylik statistika, har bir farzand uchun alohida profil.

Bola uchun

  • Bugungi yumushlar ro‘yxati va coin hisobi.
  • Sovg‘a do‘koni — nimaga qancha coin yetmayotgani ko‘rinib turadi.
  • 10 kunlik odat dasturi: har kuni qisqa vazifalar va savollar.
  • O‘yinlar: «Marra» matematik yugurish va kichik o‘yinlar, reyting.

Xavfsizlik

  • Reklama va uchinchi tomon analitikasi yo‘q.
  • Bola ota-ona bergan kod bilan kiradi — telefon raqami so‘ralmaydi.
  • Ota-ona rejimi PIN bilan qulflanadi.
  • Ma’lumotlar O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi.

Narx

Asosiy imkoniyatlar bepul: bitta farzand, rasm yoki matn bilan isbot, bugungi vazifalar.

Premium — 2 va undan ortiq farzand, ovozli isbot, o‘tgan kunlar vazifalari, cheksiz sovg‘alar. Narxi: oyiga 29 000 so‘m yoki yiliga 149 000 so‘m. To‘lov Payme orqali; muddat tugagach pul avtomatik yechilmaydi.

Ilova shartlari: Ommaviy oferta · Maxfiylik siyosati

Farzandingiz EduCoin ishlatadigan markaz yoki maktabda o‘qiydimi?

Unda EduCoin School ilovasida farzandingizning davomati, natijalari, to‘lovlari va coinlari ko‘rinadi. Akkauntni o‘quv markazingiz yoki maktabingiz beradi.

O‘quv markaz va maktablar uchun bo‘lim →