O‘quv markaz rahbarlari uchun

O‘quv markaz uchun CRM — lidlardan filial hisobotigacha bitta tizimda

EduCoin — o‘quv markazlari uchun CRM platformasi. Lidlar, o‘quvchilar bazasi, guruhlar, dars jadvali, davomat, to‘lov va qarzdorlik nazorati, filiallar va moliyaviy hisobotlar bitta joyda yuritiladi. Boshqa CRM tizimlaridan farqi — ichiga o‘quvchini rag‘batlantiradigan coin va sovg‘alar tizimi qurilgan, hamda panel ketib qolish xavfi bor o‘quvchilarni o‘zi ajratib ko‘rsatadi. Platformadan 100 dan ortiq ta’lim muassasasi foydalanmoqda.

Ma’lumotlaringiz faqat bog‘lanish uchun ishlatiladi. Maxfiylik siyosati

Qaysi muammolarni hal qiladi

Kelgan lid yo‘qoladi — kim qo‘ng‘iroq qilgani esda qolmaydi

Lidlar alohida bo‘limda yuritiladi: sinovdagi talaba faol talabaga aylanguncha bosqichma-bosqich ko‘rinib turadi.

O‘quvchi ketib qolgani faqat ketganidan keyin ma’lum bo‘ladi

Bosh panelda «xavfdagi talabalar» va «yo‘qotilgan talabalar» alohida raqam bo‘lib turadi — hali kech bo‘lmasdan ko‘rasiz.

Davomat qog‘ozda yuritiladi, kim kelgani oy oxirida ma’lum bo‘ladi

Davomat ilovada belgilanadi va darhol hisobotga tushadi. Ota-onaga SMS yoki Telegram orqali xabar avtomatik boradi, o‘z vaqtida kelgan o‘quvchi coin oladi.

Kim to‘laganini administrator daftardan qidiradi, qarzdorlik o‘sadi

Qarzdorlar va joriy oy to‘lovlari bosh panelda raqam bo‘lib turadi, eslatmalar avtomatik yuboriladi.

Filiallar alohida yuritiladi, umumiy manzara yig‘ilmaydi

Filiallar bitta tizimda: har biri alohida ko‘rinadi, yillik foyda va hisobotlar esa umumiy chiqadi.

O‘quvchilarni ushlab qolish qiyin, motivatsiya past

Coin, reyting va sovg‘alar do‘koni guruh ichida sog‘lom raqobat yaratadi — o‘quvchi yig‘gan coinini sovg‘aga almashtiradi.

Markaz rahbari uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa

Lidlar va sotuv

Kelgan lid, sinovdagi talaba va faol talaba — bosqichlar bo‘yicha alohida ko‘rinadi.

Guruhlar, fanlar va dars jadvali

Fan, kurs narxi va davomiyligi, xonalar va dars jadvali bitta joyda sozlanadi.

Davomat va xabarnoma

Davomat ilovada belgilanadi; ota-onaga SMS yoki Telegram orqali xabar avtomatik ketadi.

Moliya va qarzdorlik

Joriy oy to‘lovlari, qarzdorlar ro‘yxati, xarajatlar va yillik foyda grafigi.

Filiallar, xodimlar va rollar

Bir nechta filial, adminlar va o‘qituvchilar — har biriga o‘z huquqi beriladi.

Coin va sovg‘alar

Vazifa, to‘g‘ri javob va o‘z vaqtida kelish uchun coin — sovg‘alar do‘koniga almashadi.

Ko‘p beriladigan savollar

O‘quv markaz uchun CRM dasturi qancha turadi?

Narx markazdagi o‘quvchilar soniga qarab belgilanadi va bir nechta tarifga bo‘lingan. Sizga mos tarifni aytishimiz uchun formani to‘ldiring — 24 soat ichida bog‘lanamiz. Avval 7 kun bepul sinab ko‘rasiz, to‘lov talab qilinmaydi.

Bir nechta filialim bor — hammasini bitta tizimda boshqara olamanmi?

Ha. Filiallar tizimda alohida qo‘shiladi, har biriga o‘z xodimlari va guruhlari biriktiriladi. Rahbar esa ham filial kesimida, ham umumiy hisobotni ko‘radi.

EduCoin boshqa o‘quv markaz CRM tizimlaridan nimasi bilan farq qiladi?

Ko‘pchilik CRM faqat hisob yuritadi: davomat, to‘lov, hisobot. EduCoin'da bularning ustiga o‘quvchini rag‘batlantiruvchi coin, reyting va sovg‘alar tizimi bor, panel esa ketib qolish xavfi bor o‘quvchilarni o‘zi ajratib beradi — ya’ni tizim markazning ichki ishini ham, o‘quvchini ushlab qolishni ham bir vaqtda hal qiladi.

Tizimga o‘tish qancha vaqt oladi?

Mavjud o‘quvchilar ro‘yxatini kiritish, guruh va dars jadvalini sozlash odatda bir necha kun oladi. Jamoamiz coin tizimini joriy etishda va xodimlarni o‘rgatishda yordam beradi.

O‘qituvchilarim kompyuterda ishlashni bilmaydi, uddalay oladimi?

O‘qituvchi uchun alohida mobil ilova bor — davomat belgilash va coin berish bir necha bosishda bajariladi. Kompyuter shart emas.

Markazingizni 7 kun bepul sinab ko‘ring

Ma’lumotlaringizni qoldiring — jamoamiz bog‘lanib, markazingizga moslab demo ko‘rsatadi.

Ariza qoldirish