EduCoin

EduCoin School — Qo'llab-quvvatlash

Quyida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar berilgan. Javobingiz topilmasa, pastdagi aloqa orqali murojaat qiling.

1. Kirish va akkaunt

SavolJavob
Ro'yxatdan o'ta olmayapmanIlovada ro'yxatdan o'tish yo'q. Akkauntni sizning o'quv markazingiz yoki maktabingiz yaratadi — muassasangizga murojaat qiling.
Login yoki parolni bilmaymanMuassasa administratoriga murojaat qiling — akkauntingizni ular bergan.
Parolni unutdimIlovadagi "Parolni tiklash" funksiyasidan foydalaning, yoki muassasangiz qayta beradi.
Telefon raqamim o'zgardiBuni faqat muassasa o'zgartira oladi.
Ismim noto'g'ri yozilganMuassasa tuzatadi — ilova ichidan o'zgartirib bo'lmaydi.
Bir nechta farzandim bor, hammasini bitta joydan ko'rsam bo'ladimiHar bir farzand uchun alohida akkaunt bor. Muassasadan so'rang.
Akkauntimni o'chirishni xohlaymanYozuvning egasi — muassasa. Avval o'quv markazingizga yoki maktabingizga murojaat qiling. Batafsil: educoin.uz/doc/delete-account.html

2. Coin va sovg'alar

SavolJavob
Coinlarim kamayib qolganCoin tarixini oching — har bir operatsiya sababi bilan yozib boriladi. Savol qolsa, ustozingizdan so'rang.
Ustoz coin bermadiCoin berish qoidasini muassasa belgilaydi. Muassasaga murojaat qiling.
Sovg'ani oldim, lekin bermadilarSovg'ani muassasa beradi, EduCoin emas. Muassasaga murojaat qiling.
Coinni pulga almashtirsam bo'ladimiYo'q. Coin — muassasa ichidagi shartli birlik, pul emas va naqdga almashtirilmaydi.
Boshqa muassasaga o'tsam, coinlarim qoladimiCoin muassasaga tegishli. Shartlarni muassasa belgilaydi.

3. Davomat va natijalar

SavolJavob
Darsga bordim, lekin "kelmagan" deb belgilanganUstozingizga ayting — u tuzatadi.
Natijalarim ko'rinmayaptiMuassasa hali kiritmagan bo'lishi mumkin. Muassasadan so'rang.
Dars jadvali eskirganJadvalni muassasa yangilaydi.

4. To'lov

SavolJavob
Ilova orqali to'lov qila olamanmiYo'q. Ilovada to'lov funksiyasi yo'q — faqat muassasa kiritgan yozuvlar ko'rinadi.
To'ladim, lekin qarz ko'rinyaptiMuassasa hali tizimga kiritmagan bo'lishi mumkin. Muassasaga murojaat qiling.
Qarz summasi noto'g'ri ko'rsatilganHisobni muassasa yuritadi — ularga murojaat qiling.

5. Texnik savollar

SavolJavob
Bildirishnoma kelmayaptiTelefon sozlamalarida ilova uchun bildirishnoma ruxsatini tekshiring.
Ilova ochilmayapti yoki qotib qolyaptiIlovani yangilang va qayta ishga tushiring. Muammo davom etsa, bizga yozing: info@educoin.uz
Internetsiz ishlaydimiOldin ochilgan ekranlar ko'rinadi, lekin yangi ma'lumot yuklanmaydi.
Boshqa telefonga kirsam bo'ladimiHa, lekin bir vaqtning o'zida faqat bitta qurilmadan foydalaning.

6. O'quv markaz va maktab rahbarlari uchun

SavolJavob
Platformani muassasamga qanday ulaymaneducoin.uz orqali murojaat qiling.
Narxlar qandayQarang: educoin.uz/doc/oferta.html

Javobingizni topmadingizmi?

Bizga yozing: info@educoin.uz yoki +998 99 588 88 98